Song: Parhez
Year: 2021
Viewed: 9 - Published at: 7 years ago

Bir bemor kasali qo'zib turgan kez
Do'xtirga borgandi, buyurdi parhez
Dedi:
- Kamatiring yog'liq kabobni
Konyakning o'rniga torting gulobni
Bedana sho'rvadan oz-ozdan iching
Somsa va norindan tamom voz keching
Bemor tushib qoldi g'alati holga
So'ngra izoh berdi ushbu ahvolga:
- Do'xtirjon, ko'ngilni qilaberning to'q
Bunday taomlarni ko'rganim ham yo'q

( Abdulla Oripov )
www.ChordsAZ.com

TAGS :